YAPONIYADA KEKSALAR UCHUN ALOHIDA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMALARI JORIY QILINADI

2019-09-17 15:47:59 77

Yaponiyada keksalar uchun transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi “elektron koʻmakli” alohida haydovchilik guvohnomalari joriy qilinadi, deyiladi Nikkei gazetasi xabarida.

Bunday guvohnomalar 75 yoshdan oshgan kishilarga beriladi. Mamlakatda keksalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalari koʻpaygani tufayli yapon hukumati mazkur tashabbusni koʻrib chiqadigan boʻldi. Bunday guvohnomalar dastlab ixtiyoriy tarzda, soʻng mavjudlarini almashtirish yoʻli bilan joriy qilinishi koʻzda tutilgan.


Manba: uza.uz