KEKSA VA NOGIRON SAYYOHLARGA EʼTIBOR

2019-07-19 10:14:48 37

Xiva Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasiga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun ushbu maskanda tibbiy xizmat koʻrsatish punkti, dorixona tashkil etilgani shahrimiz mehmonlarini quvontirdi.

Yaqinda yana bir xayrli ishga qoʻl urildi. Maʼlumki, tarixiy shahar bilan tanishish maqsadida kelgan mahalliy va xorijlik mehmonlar orasida nogironligi boʻlgan yoki erkin harakat qilish imkoni boʻlmagan keksalar ham bor. Shu bois, muzey maʼmuriyati tomonidan keksa va nogironligi boʻlgan sayyohlarning koʻngildagidek madaniy hordiq chiqarishi, muzey-qoʻriqxonani qiynchiliksiz tomosha qilishlari uchun nogironlik aravachalari xizmati yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, muzey boʻlimlarining kirish joylarida nogironlar aravachalari uchun maxsus yoʻlakchalar tashkil qilinmoqda.

Otabek ISMOILOV.

Xorazm viloyati


Manba: “Nuroniy” газетаси