OʻZBEKISTONLIK 72 YoSHLI KEKSA ONAXON TALABA BOʻLMOQCHI

2019-07-23 06:15:29 49

Fargʻona davlat universitetiga bu yil 72 yoshli ayol hujjat topshirgan.

Ayni paytda Milliy matbuot markazida oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshligʻi Barno Rajabov bu haqida maʼlumot berdi, deb yozadi OʻzA. Qayd etilishicha, joriy yildan boshlab oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishda yoshga doir cheklovlar olib tashlangan. Shuningdek, salomatlik holati boʻyicha maʼlumotnoma ham soʻramayapti.

Hozirga qadar 70 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan. Bugundan boshlab kunlik hujjat topshirish koʻrsatkichi keskin ortgan. Bugun kunning birinchi yarmida 10 mingdan koʻp hujjat topshirildi.


Manba: UzA