3 dekabr` – Xalqaro nogironlar kuni

2020-02-27 21:58:10 94


Imkoniyati cheklanganlar davlat muhofazasida Ko'ngillarga shodlik ulashib...


“XALQ SO'ZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. BMT tashkiloti tomonidan 3 dekabr` –Xalqaro 

nogironlar kuni, deb e'lon qilingan. Ushbu sana butun dunyo bo'ylab keng nishonlanadi va 

bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama 

qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.


Andijon viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan ham ushbu sana oldidan ko'ngli yarim 

yurtdoshlarimiz xolidan xabar olish, ularga moddiy va ma'naviy jihatdan yordam berish ishlari 

boshlab yuborildi. Jumladan, boshqarma boshlig'i Furqatbek Buzrukov Qo'rg'ontepa tumaniga tashrif 

buyurib, 5-umumta'lim maktabining 1-sinf o'quvchisi Mehriniso Ma'rufjonova xolidan xabar 

oldi. Gap shundaki, Mehriniso mehrga muhtoj yurtdoshlarimizdan. Imkoniyati cheklangani bois 

maktabga bora olmaydi. Uning xonadoniga ustozlar tashrif buyurishib, yakka tartibda 

mashg'ulotlar olib borishadi.


Shu kuni boshqarma boshlig'i boshchiligidagi saxovatpesha insonlar tumandagi 39-umumta'lim 

maktabining 6-sinf o'quvchisi Rahmatillo Arabboev xonadonida ham bo'ldilar.


“6-sinfda o'qiyman. Maktabga qatnashga imkonim yo'q. Shuning uchun yakka tartibda tahsil olaman. 

Ustozlarim har kuni xolimdan xabar olishadi va navbatdagi mavzuni tushuntirishadi. 

Tengqurlarimdan ortda qolmay tahsil olayotganimdan xursandman”,-deydi Rahmatillo suhbatda.





Manba: