Turkiya sog'liqni saqlash vaziri Toshkent tibbiyot akademiyasining faxriy professori bo'ldi

2020-05-31 13:05:06 157


Ayni paytda Toshkentda O'zbekiston hamda Turkiya Respublikalari o'rtasida sog'liqni saqlash, 

tibbiy ta'lim va ilm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag'ishlangan o'zbek–turk forumi 

bo'lib o'tmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan olingan ma'lumotlarga 

ko'ra, O'zbekiston va Turkiya o'rtasida tibbiyot yo'nalishida malakali kadrlar tayyorlash va ilm-

fan sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun Turkiya sog'liqni saqlash vaziri 

Faxrettin Kodjaga Toshkent tibbiyot akademiyasining faxriy professori unvoni berildi.

  Ma'lumot uchun, 2019 yil 11 noyabr` kuni vazir Inomjon Majidov Xorijlik turklar va qavm 

jamiyatlar idorasi raisi Abdulloh Eren boshligidagi delegatsiyasini qabul qilib, iqtidorli 

o'zbek yoshlariga Turkiya hukumati stipendiyalarini taqdim etish imkoniyatini muhokama qilgan.

UzA 



Manba: