Toshkentdagi uchrashuv Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini tasdiqlaydi

2020-05-29 12:11:50 194


O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati, avvalo, mintaqa va xalqaro maydonda hamkorlik 

aloqalarini rivojlantirishdagi intilishlari Turkiya matbuoti diqqat markazida bo'lib kelmoqda.


Xususan, Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi tomonidan Toshkentda 29 noyabr` kuni bo'lib 

o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuviga doir qator 

materiallar chop etildi. Turkiyaning TRT davlat teleradiokompaniyasi tizimidagi veb-saytlarda 

ham mavzuga doir materiallar joylashtirildi.


Turk sharhlovchilarining fikriga ko'ra, Toshkentda ushbu sammitning samarali o'tkazilishi 

O'zbekiston mintaqaviy tashqi siyosatni to'g'ri yuritayotganidan, O'zbekiston diplomatiyasining 

navbatdagi muvaffaqiyatidan dalolat beradi.


Anqara Strategik fikrlar instituti direktori Muhammet Savash Kafkasyalining qayd etishicha, 

yuqori darajadagi mintaqaviy uchrashuv “Samarqand konsensusi”ning natijasi hisoblanadi.Ayni 

paytda ekspert davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev bu kabi uchrashuvlarni o'tkazish haqidagi 

taklifini ilk bor 2017 yil sentyabr` oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari 

surganini ham eslatib o'tadi. Samarqandda 2017 yil noyabr` oyida tashkil etilgan “Markaziy 

Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik” 

mavzuidagi xalqaro konferentsiyada bu g'oya yaxlit dastur sifatida kengaytirildi va mintaqa 

mamlakatlari tomonidan konsensus asosida qo'llab-quvvatlandi. Ekspert “Samarqand 

konsensusi” va O'zbekistonning ma'lum davlatlar bilan yaxshi qo'shnichilik g'oyasiga sodiqligi 

mintaqadagi siyosiy muhitni tubdan o'zgartirish imkonini berdi, deb qayd etadi.


“Anadolu” axborot agentligining qayd etishicha, tadbir yakunida qabul qilingan Qo'shma bayonot 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari olib borgan muzokaralar samarali bo'lganidan 

dalolatdir.


Turkiya OAVlarida ta'kidlanishicha, ushbu Qo'shma bayonotda unga a'zo mamlakatlarning xavfsizlik, 

turizm, transport, tranzit, energetika va investitsiyalar hamda Afg'onistondagi vaziyat 

singari masalalar yuzasidan yaqin va kelishilgan pozitsiyalari belgilangan. Turk sharhlovchilari 

hujjatda asrlar osha shakllangan madaniy, savdo va gumanitar aloqalar bugun ham rivojlanib 

borayotgani, o'zaro hamkorlikni mustahkamlashga sodiqlik bildirilganiga e'tibor qaratgan.





Manba: