Nuroniylarga

2020-02-28 02:19:35 94


  1. Gohida bekordan zerikkan mahal,
    Qalbingiz bo'lganda mehrga maxtal.
    Uyda shovqin sizga berganda halal,
    Nuroniyga kelib bir yayrab keting.
     
    Bu yerda ob-havo bo'lakcha o'zi,
    Juda ham  sehrli xodimlar so'zi.
    Nurlarga chulg'angan hovlining yuzi,
    Nuroniyga kelib bir yayrab keting.
     
    Dilga xush yoqadi atrof vamuhit,
    Xush navo tinglaysiz bo'lsa ham sukut.
    Barcha g'amu-andux bo'ladi unut,
    Nuroniyga kelib bir yayrab keting.
     
    O'zingizni yengil sezasiz biram,
    Uchragan bordirki bo'ladi hamdam.
    Muammo yechilmay qolmas sira ham,
    Nuroniyga kelib bir yayrab keting.
     
    Hovliga bahoroy quribdi makon,
    So'rilar xordiqqa beradi imkon.
    Qushlar “chah-chah”idan zavq oladi jon,
    Nuroniyga kelib bir yayrab keting.

    Muqaddas Abdusamatova, I darajali mehnat fahriysi ko'krak nishoni sohibi,
    O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan ma'daniyat xodimi



Manba: