To'ylarimiz haqida o'ylarimiz

2020-02-29 00:22:45 81

Xalqimiz to'y-hashamni, topgan-tutganini el bilan baham ko'rishni yoqtiradi. To'y uchun yillab 

yig'inadi. Bu yaxshi an'ana. Ammo bu yig'inni haddan oshish, kimo'zarga aylantirish tobora avj 

olmoqda. To'y kortejlari, son-sanoqsiz tog'oralar, behisob oldi-berdilar, qiz tomonni 

kuyovning uyini xorij mebellari, asbob-anjomlari bilan to'ldirib berishi va hokazolarni sanab 

o'tish mumkin. Qur'oni karimda: “Qarindoshga, miskin va yo'lovchiga (xayr-ehson qilish bilan) 

haqlarini ado eting va isrofgarchilikka mutlaqo yo'l qo'ymang! Chunki isrofgarlar 

shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa, Parvardigoriga nisbatan o'ta noshukur edi (Isro 

surasi, 26–27- oyat).


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ana shu ortiqcha hashamlarga chek qo'yish maqsadida ayni lozim 

bo'lgan qator qarorlar chiqardilarki, bu qarorlar xalq manfaati yo'lida xizmat qiladi.


Faqat bir narsa meni o'ylantiradi: qaror chiqqandan so'ng OAV vositalarida bu qaror 

muhokamasi boshlanib ketdi. Ammo shu haqda gapirayotganlar o'zlari bunga rioya qilayaptilarmi? 

Menda bu fikrning tug'ilishiga sabab bor. Yaqinda bir tanishim erining noshudligi tufayli katta 

qarzga botganini aytib qoldi. Qarzdorlar so'rab kelavergach, ayol o'zlariga oilaviy tanish 

bo'lgan o'ziga to'q xonadondan ozroq pul berib turishini iltimos qiladi. Rad javobini bergan 

kimsa oradan hech qancha o'tmay, farzandining tug'ilgan kunini dabdabali to'y qilib nishonlab 

beradi. Vaholanki, hadislarning birida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir 

qarz sadaqadir”, deganlar (Tabaroniy rivoyati). Mushkul ahvolga tushib qolgan kishiga yordam 

berish ulkan savoblardan biri hisoblanadi. Ammo bu kabi savob ishlarni o'ylamay qo'ygan 

kishilarimiz borligi achinarli holdir.


Internet sahifalarida endi turmush qurayotgan qo'shni davlatlik yosh yigit-qiz to'ylarining 

sarfiga atalgan pulni suriyalik qochoqlarning qornini to'ydirishga sarflaydilar. Bu ibrat olsa 

arzigulik voqea. Koshki, dabdaba bilan to'y qilayotganlar o'sha hasham uchun ketadigan boyligini 

yetim-yesirlarga, kam ta'minlangan oilalarga yoki kasalligini davolatishga pul 

topolmayotganlarga yordam bersa! Bu dunyo o'tkinchi. Unda savob ishlar qilib,  oxirati uchun 

jannat yaratishga nima yetsin! Bir-birimizga mehr-oqibat mujdalarini ulashib, to'ylarda 

isrofgarchilikka yo'l qo'ymay, Prezidentimiz qarorlari asosida 200–250 mehmon bilan kelin-

kuyovlarimizning baxt to'yini ixcham o'tkazsak, nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Televidenie, 

radio minbarlarida turib olib gapni quruq olib qochmasdan, bu ishlarni o'zimizdan boshlaylik, 

azizl     

Zebo  OMONOVA



Manba: