Nafas olishni yengillashtiruvchi 7 xona guli

2019-12-05 13:07:40

NASA va AQSH landshaft pudratchilari uyushmasi kosmik ob'ektlarda havoni tozalashning turli xil 

usullarini o'rganishdi. Kuzatishlar natijasida, bir necha xil gullar kosmik ob`ektlarda ham, 

uy sharoitida ham havoni a'lo darajada tozalashi aniqlanadi. E'tiboringizga ana shugullar 

ro'yxatini taqdim etamiz.


1.Oshxona uchun


Azaliya guli nafaqat go'zalligi bilan ko'zni quvontiradi, balki oshxonada ishlatiladigan idish 

yuvish vositalari tarkibidagi formal`degid va benzolni o'ziga yutib, havoni tozalaydi.


2. Bolalar xonasiga


Gerbera guli bolalar xonasidagi plastmass o'yinchoqlar, sintetik tolalar tarkibidagi zararli 

moddalardan bolalarni himoya qiladi.


3. Mehmonxona


Benjamin fikusi havoni yaxshi namlantirib, ammiak, formal`degid kabi moddalardan xonani 

tozalaydi. Shuningdek, bu gulni printer va hujjatdan nusxa ko'chirish moslamasi (kseroks) 

oldiga quysangiz, ulardan chiqayotgan ksilola, toluola moddalari sizga zarar keltirmaydi.


4. Yotoqxonaga.


Insoniyat aloe vera guli bilan do'stlashganiga 6000 yildan oshdi. Misrda bu o'simlikni hatto 

mangulik guli deb nomlashgan. Shundan buyon bu gul tabobatda keng ishlatilib kelinadi. Aloe 

guli kechasi o'zidan kislorod chiqarib, karbonat angidrid gazini yutadi, siz esa toza havoda 

orom olasiz.


5.Ish xonasi


Kaktus guli boshqa gullarga qaraganda kompyuterdan tarqalayotgan elektromagnit nurlaridan 

himoya qiladi.


6. Dahlizga


Soyani xush ko'ruvchi koleus guli, doimiy o'g'itlash va ko'chirib o'tkazishlarga ehtiyoj sezmaydi.