Keksa fuqarolar uchun maxsus internet – portal

Foto: G‘alabaning 72 yilligi sharafiga avtokolonna

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent hokimiyati va boshqa tashkilotlar juma kuni poytaxtda fashizm ustidan erishilgan G‘alabaning 72 yilligi sharafiga avtokolonna tashkil etdi.

9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan keng miqyosli #XotiraUz aksiyasi doirasida urush vaqtlari mashinalari Janubiy vokzaldan M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIga qadar masofani bosib o‘tdi.
Harbiy libosdagi erkak va ayollar front qo‘shiqlarini ijro etishdi. Butun yo‘nalish davomida ular aholi tomonidan iliq qarshi olindi.

Manba


1 мая 2017