Keksa fuqarolar uchun maxsus internet – portal

Buxoro viloyati Vobkent tumanida “Nuroniylar maskani” ish boshladi

Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, yurtimizning barcha tuman va shaharlarida faxriylar vaqtini mazmunli o‘tkazishi, hordiq chiqarishi, salomatligini mustahkamlashi uchun zarur shart-sharoitga ega “Nuroniylar maskani” majmualari tashkil etilmoqda.
Buxoro viloyati tuman va shaharlarida ham shu kunlarda mazkur maskanlar qurilishi ishlari yakunlanib, majmualar foydalanishga topshirilmoqda.


8 (1).jpg

Vobkent tumani madaniyat va istirohat bog‘i hududida barpo etilgan shunday maskanning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

12.jpg

10.jpg

– Mamlakatimizda biz, keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, salomatligimizni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi mehnat faxriysi Muhammad Jumayev. – O‘z navbatida, yoshlarni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash, turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishida biz, nuroniylarning hayotiy tajribamiz juda muhim ahamiyat kasb etadi. “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi faoliyat yuritadigan maskanda biz qariyalar uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barchasi muhayyo etilgan. Kutubxona, tibbiyot xonasi, choyxona, oshxona, sport zali ixtiyorimizda.

Manba


20 ноября 2017