Keksa fuqarolar uchun maxsus internet – portal

Tez tibbiy yordam takomillashmoqda

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish jarayonida, ayniqsa, tez tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Namangan viloyatida ham shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish darajasi davr talabiga mos ravishda yuksalmoqda. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan viloyati filialida ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘i birlashtirildi. Viloyatning barcha hududi bo‘yicha tez tibbiy yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlashni ta’minlaydigan muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik xizmati shakllantirildi. Markazdagi sanitar avtotransportlariga GPS navigatorlari o‘rnatilib, dispetcherlik punkti tomonidan chaqiriqda yurgan transportlarni doimiy nazorat qilish imkoniyati yaratildi.

Tez tibbiy yordam takomillashmoqda

2016-yilda viloyat bo‘yicha aholiga 155 tez tibbiy yordam brigadasi xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 178 tani tashkil qilmoqda. Hududlardagi tez tibbiy yordam shoxobchalari soni 80 dan 102 taga yetkazildi. Joriy yilning o‘tgan davrida 79 eskirgan va ta’mirtalab avtomashinalar o‘rniga yangilari olindi. Bu chaqiriqlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yanada oshirdi.

– Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan reanimobillarda maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoit mavjud, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan viloyati filiali bosh shifokori Sh.Yusupov. – Ya’ni, tez tibbiy yordam brigadasi og‘ir ahvoldagi bemorga qon to‘xtatish, sun’iy nafas oldirish va boshqa kichik amaliyotlarni yo‘lda, shifoxonaga yetgunga qadar amalga oshirishi mumkin. Yaqin kunlarda yana 14 ixtisoslashtirilgan sanitar avtomashinasi keltiriladi. Pirovardida viloyatdagi barcha 178 tez tibbiy yordam brigadasining avtotransportga bo‘lgan ehtiyoji to‘la ta’minlanadi. 

Manba


27 ноября 2017