Keksa fuqarolar uchun maxsus internet – portal

Yagona interaktiv davlat xizmatlari Portalida keksalar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bo'yicha yangi xizmat

Ushbu yangi xizmat Yagona portal yordamida yolg'iz keksalar va nogironlarni “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun arizalar berish hamda zarur hujjatlar ro'yxatini elektron tarzda qabul qilish, shuningdek ularni ushbu muassasalarga joylashish huquqini beruvchi qaror (buyruq) nusxasini olish imkonini beradi.

Fuqarolardan arizalarni qabul qilish (yolg’iz keksalar hamda I va II guruh nogironlarini “Saxovat” uyiga rasmiylashtirish uchun ariza, ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik bo'yicha davlat organi vakili tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni «Muruvvat» internat uyiga rasmiylashtirish uchun arizasi) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining shahar(tuman) bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazlarining mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Xizmat bepul bo’lib, jismoniy shaxslarga ko’rsatiladi.

https://my.gov.uz


23 октября 2015