Keksa fuqarolar uchun maxsus internet – portal

Loyiha haqida

  •    Keksa fuqarolar uchun maxsus “Nuroniy.uz” internet-portali 2015 yil 18 fevral kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi” PQ-2302-son qarori, “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishining 2015 yil 23 fevraldagi yig‘ilishi 14-son bayoni asosida ishlab chiqilgan.

       Ushbu internet-portalning yaratilishidan asosiy maqsad, mavjud imtiyozlar, pensiyaga oid qonun hujjatlari, yangilik, maslahat va boshqa foydali ma’lumotlar to‘g‘risida xabardor qilishning samarali tizimni tashkil etish hamda keksalar uchun ijtimoiy tarmoq yaratish hisoblanadi.

       Internet-portalda keksalar “Pensiya kalkulyatori”, mamlakat bo‘yicha dori vositasi va pochta bo‘linmalarini qidirish, pensiya va nafaqa miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun elektron ariza yuborish kabi interaktiv xizmatlardan foydalanish hamda do‘stlar qidirish, shaxsiy blogni ochish, eng oxirgi yangilik va foydali ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlari mumkin.

       Shuningdek, portal ijtimoiy tarmoq funktsiyasini bajaradi. Foydalanuvchilar forum, guruhlarda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni faol muhokama qilishlari va portal sifatini yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini bera olishlari mumkin.